«Korzinka»dagi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 4 avgust kuni soat 16:32 da Toshkent shahar FVBga Mirzo Ulug‘bek tumani «Podishohbog‘» mahallasi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan «Korzinka» savdo majmuasida yong‘in ro‘y bergani haqida xabar tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da voqea joyiga yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, savdo majmuasi ichida bo‘lgan non pishirish pechida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga kelgan. Hodisa natijasida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari qutqaruvchilar tomonidan soat 16:42 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter