Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Lacetti» va «Matiz» to‘qnashuvi oqibatida ikki ayol vafot etdi

Farg‘onada «Lacetti» va «Matiz» to‘qnashuvi oqibatida ikki ayol vafot etdi

Foto: IIV matbuot xizmati

23-fevral kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida fuqaro Q.Sh. «Lacetti-2» avtomashinasini Vodil-Farg‘ona avtomobil yo‘lining 7 km.da boshqarib ketayotgan bo‘lgan. So‘ngra  u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi «Matiz» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

«Matiz» avtomashinasida uchqun chiqib yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida yo‘lovchi Q.T. ismli ayol hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, «Matiz» yo‘lovchisi J.M. ismli ayol shifoxonada vafot etgan. Haydovchilar Q.Sh. va S.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «Lacetti-2» avtomashina haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring