Mamontlar zamonlaridagi kometa Yerga yaqinlashmoqda
Sentyabrning oxirgi dam olish kunlari Yerga so‘nggi 80 ming yilda birinchi marta C/2023 A3 kometasi yaqinlashadi, qorong‘u osmondagi «dumli yulduz»ni hech qanday moslamalarsiz ko‘rish mumkin.
Kometa juma, 27-sentyabr kuni yorqinlik cho‘qqisiga yetib, osmondagi eng yorug‘ 20 ta yulduz birlashgani kabi ko‘rinadi, deb yozdi Live Science.
Shimoliy yerimshar aholisi (jumladan, biz) kometani ko‘rish uchun 27-sentyabrdan 2 oktyabrgacha bo‘lgan kunlari tong otishiga yarim soat qolganida janubi-sharq tomonga, ufqdan bir necha daraja yuqoriga qarashi kerak. Ekspertlar fazoviy hodisani 29 va 30-sentyabr kunlari kuzatishni tavsiya qilishmoqda.
Kometa shundan so‘ng 12-oktyabrda oxirgi marta ko‘rinish berib, yana 80 ming yilga ko‘zdan yo‘qoladi. Uni bizgacha mamontlar tirik zamonlarda yashagan odamlar ko‘rishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter