Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musht yegan haydovchi «KamAZ» bilan do‘konni buzdi

Musht yegan haydovchi «KamAZ» bilan do‘konni buzdi

Zarbdor tumanida yuk mashina haydovchisi «KamAZ»da Spark avtomobili va savdo do‘koniga shikast yetkazdi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 28 may kuni soat 01:19 larda Zarbdor tumani «Ravot» MFYda joylashgan savdo do‘koni ish yurituvchisi viloyat IIBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib «KamAZ» rusumli yuk avtomashinasi egasi savdo do‘konini buzib tashlaganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida Zomin tumani «Nurlikent» MFYda yashovchi 26 yoshli T.Sh. «KamAZ» rusumli yuk avtomashinasini mast holda savdo do‘koni oldiga boshqarib kelib, do‘kon yonida turgan 24 yoshli H.R va uning sherigi U.O. bilan o‘zaro tortishib qolgani aniqlangan.

Natijada fuqaro H.R. haydovchining yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng T.Sh. jahl ustida o‘zi boshqaruvidagi yuk avtomashinasiga o‘tirib, uni haydab, shu yerda turgan H.R.ga tegishli Spark rusumli avtomashinaning orqasidan urib yuborib, avtomashina va savdo do‘koniga moddiy zarar yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra ushbu voqea ishtirokchilarining hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring