Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Namanganda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

DXX va Bosh prokuraturaning tuman bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chust tumani hokimi o‘rinbosari 2000 ming dollardan 1800 dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharofiddin Yusupjonov tumanda yashovchi fuqaroga bog‘dorchilik-fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun 5.3 gektar yer maydonini olish evaziga 2000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

Hozir mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring