Namanganda hokim yordamchisi va uning sheriklari qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Unda Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi F.A., «R.N» fermer xo‘jaligi rahbari R.A. va boshqalar xo‘jalikning «Kaklikqo‘rg‘on» MFY hududidagi 5,3 gektar yer maydonini 15 000 AQSh dollari evaziga fuqaro N.ga bog‘dorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSh dollari va 5,6 mln so‘mni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yordamchisi B.X. ham fuqarodan 5,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter