Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida «Labo» yonib ketdi

Navoiydagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida «Labo» yonib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

6-avgust kuni Navoiy shahrida joylashgan «Zarafshon Fayz Oil» MJChga qarashli AGTKShdan yoqilg‘i quyib chiqish vaqtida «Labo» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.
 
Yong‘inni o‘chirishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 09:23da o‘rab olinib, soat 09:25da batamom o‘chirilgan. Yong‘in natijasida avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil shinalari yongan.
 
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
 
Xozirda mutaxasislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahrida«Hyundai Sonata» avtomobili yonib ketgandi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring