6-avgust kuni Navoiy shahrida joylashgan «Zarafshon Fayz Oil» MJChga qarashli AGTKShdan yoqilg‘i quyib chiqish vaqtida «Labo» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘inni o‘chirishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 09:23da o‘rab olinib, soat 09:25da batamom o‘chirilgan. Yong‘in natijasida avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil shinalari yongan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Xozirda mutaxasislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahrida«Hyundai Sonata» avtomobili yonib
ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter