«Nest One» binosida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan «Nest One» turar joy kompleksida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.
Aytilishicha, hodisa bugun soat 10:02 da Olmazor ko‘chasi 1/A-uyda joylashgan «Nest One» turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha u yerdagi 2 kv.m maydonda penoplast yongan.
Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joiyga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni baratraf etganlar.
Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter