Ohangaron tumanida 10ga yaqin mashinalar YTHga uchradi – IIBB izohi

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining Matbuot kotibi – Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov Botirovich quyidagilarni ma’lum qiladi.
17-noyabr, ya’ni bugun, soat taxminan 18:50larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan «M39 avtomobil yo‘lining 132 kilometrida, haydovchilar ob-havo sharoitini inobatga olmasdan, oraliq masofani saqlamagan holda harakatlanishi oqibatida mayda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTH natijasida hech kim jarohat olmagani aytilmoqda.
Hozirda voqea joyida Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB YHXB xodimlari harakat xavfsizligini ta’minlagan holda surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb yozadi Bobur Tulyaganov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter