Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» yo‘lida «Neksiya» pastlikka quladi

«Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» yo‘lida «Neksiya» pastlikka quladi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

29-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» yo‘nalishida «Neksiya» pastlikka tushib ketdi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB matbuot xizmatiga ko‘ra,  27-dekabr kuni soat 10:30 larda, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan «Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» avtomobil yo‘lida 1991-yilda tug‘ilgan B.H. «Neksiya-3» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib pastlikka ag‘darilgan.

Ag‘darilish natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring