Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bugunning o‘zida ikkinchi bor yer qimirladi

O‘zbekistonda bugunning o‘zida ikkinchi bor yer qimirladi

Bugun, 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:41da (29.09.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 12:41 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 246 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona tumanida 4 ball, 14 km.
  • Quvasoy shahrida 3-4 ball, 24 km.
  • Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 25 km.
  • Marg‘ilon shahrida 3 ball, 33 km.
  • Oltiariq tumanida 3 ball, 38 km.
  • Toshloq tumanida 2-3 ball, 39 km.
  • Qo‘shtepa tumanida 2-3 ball, 43 km.
  • Quva tumanida 2-3 ball, 46 km.
  • Rishton tumanida 2 ball, 52 km.
  • Yozyovoy tumanida 2 ball, 54 km.
  • Bag‘dod tumanida 2 ball, 59 km.
  • Bo‘ston tumanida 2 ball, 60 km.
  • So‘x tumanida 2 ball, 60 km.
  • Marhamat tumanida 2 ball, 61 km.

Avvalroq Andijon viloyati hududida yer silkinishi kuzatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring