Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ham sezildi: Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda ham sezildi: Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, bugun, 26-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:10 da (Grinvich bo‘yicha soat 03:10 da) Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 39,49 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik — 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa — 292 km. janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 292 km, 2 ball.
Namangan : 168 km, 3 ball.
Andijon : 152 km, 3 ball.
Farg‘ona : 99 km, 4 ball.
Guliston : 276 km, 2 ball.
Jizzax : 341 km, 2 ball.
Samarqand : 411 km, 2 ball.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring