Prokuratura mashhur vaynerning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi
5-mart kuni 26 yoshli Farxod Mannapov (Mittivine) o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin vafot etganligi holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
F.Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Farhod Mannopov tibbiy operatsiyadan keyin koma holatiga tushib vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter