Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamashidagi mudhish YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Qamashidagi mudhish YTHda uch kishi halok bo‘ldi

17-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani xududidan o‘tuvchi  «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida 1977 yilda tug‘ilgan O.E. «Nexia» rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida Sh.T. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomobili bilan to‘qnashgan.

YHXBB xabariga ko‘ra, ikkala haydovchi va «Damas» rusumli avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring