Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq»da «Equinox» yonib ketdi

«Qamchiq»da «Equinox» yonib ketdi

«Qamchiq» dovonida «Equinox» rusumli avtomashina elektr simlaridagi qisqa to‘qnashuv tufayli kelib chiqqan yong‘in oqibatida to‘liq yonib ketdi. Bu haqda «Qamchiqavtoyo‘l» xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 24 iyul kuni soat 12:55 da Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lida Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Equinox» rusumli avtotransport vositasining elektr qismidagi qisqa to‘qnashuv tufayli yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etilgan.

«Tan jarohati olganlar yo‘q.Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring