Qobulda seriyali portlash. 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 28-dekabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahridagi Shita madaniyat markazida bir necha marta portlash kuzatildi va oqibatda 40 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda «Frans Press» agentligi xabar berdi.
Hozirda jarohat olganlarning soni aniqlashtirilmoqda. Hech qaysi terrorchi guruh ushbu teraktni o‘z bo‘yniga olmadi, ammo gumon Tolibonlarda bo‘lib turibdi.
— Sovet armiyasi Afg‘onistonga bostirib kirganiga 38 yil to‘lgani munosabati bilan marosim o‘tkazilayotganda bomba portladi, — dedi mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nasrat Rahimi. — Hozircha 40 nafar qurbon bor, 30 nafar jarohatlanganlar aniq. Lekin bu raqamlar yana oshishi kutilyapti.
Rahimining aytishicha, ikkita kichik bomba portlatilgandan keyin uchinchisi, kattasi ishga tushgan.
Eslatib o‘tish kerak, kecha, 27-dekabr kuni Lashkargoh tumanida ham portlash sodir etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter