Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qora rangli toshni go‘yoki olmos deb, 500 ming dollarga sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Qora rangli toshni go‘yoki olmos deb, 500 ming dollarga sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Foto:«Zakon.kz»

Buxoroda yirik firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mahkama huzuridagi departament DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda soxta toshlar hamda qalbakilashtirilgan tarixiy-badiiy buyumlarni sotishga ixtisoslashgan jinoiy guruh  qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda  fuqaro A.M. va boshqalar A.D.ni bir dona qora rangli toshni guyoki olmos ekanligiga ishontirib, uni 500 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 4,5 mlrd. so‘m va 51 ming AQSh dollari olayotgan paytda  ushlandi.

Tadbir davomida «olmosfurushlar»ning yana bir jinoyati aniqladi, deyiladi xabarda. Ya’nikim, ular bir dona zar matodan ishlangan kamar, bir dona charmdan ishlangan xamyon va bir dona kumushdan ishlangan qo‘lbola muhrni Buxoro amirlariga tegishli ekanligi va ular tarixiy ahamiyatga ega noyob buyumlar sirasiga kirishi aytib, fuqaro A.D.ni yanada ishontirish maqsadida tarixiy fotosuratlarni qalbakilashtirib, ularni 100 ming AQSh dollariga sotishga uringanligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro A.M. tomonidan kelgusida fuqarolarni ishonchiga kirib, ularni aldash yo‘li bilan noqonuniy daromad orttirish maqsadida o‘zida saqlab kelayotgan 32 turdagi jami 247 dona turli xildagi tosh va zargarlik buyumlarini ixtiyoriy ravishda taqdim etganligi protsessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring