Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari Vatanga olib kelindi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi vataniga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«2019-yil 20-aprel kuni Jambil viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari U.Abduxalikov, A.Kalmuratov, D.Yermekbayeva jasadlari qarindoshlari tomonidan shaxsi aniqlashtirilib, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganidan so‘ng, qarindoshlari hamrohligida 2019-yil 22 -aprel kuni «Jibek Joli» – «G‘isht Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga yetkazildi», deyiladi TIV xabarida.
Ushbu YTHda jarohat olgan 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi FVV maxsus samolyoti bilan kecha, 21-aprel kuni O‘zbekistonga olib kelinib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Jambil viloyatida «Chimkent – Olmaota» yo‘lida ichida 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi qurbon bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter