Samarqandda bir biriga tutash ikki uy yonib ketdi

Bugun 11-avgust kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani «Mirzoto‘p» MFYda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da voqea joyiga yetib borib, (Yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 8 km.ni tashkil etadi) yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150kv.m. xamda qo‘shni uyning 10 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter