Samarqandda kuchli shamol chinorni qulatdi (foto)

Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Ishtixonda 50 yillik chinorni kesishdi» mazmunida xabar tarqalgan.
Tabiat resurslari vazirligi Ishtixon tumani bo‘limi davlat inspektorlari holat o‘rganilgan.
Unga ko‘ra, haqiqatda ham Ishtixon tumani Qoraqo‘yli mahallasi hududida joylashgan xizmat uylari va tuman prokuraturasi yonidagi taxminan 50-55 yoshlar atrofidagi bir tup chinor daraxti kasallanib, ichki tomonidan turli zararkunandalarning yemirishi oqibatida, 6 may kuni ertalab sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida qulab tushgan, deyiladi xabarda.
Hozirda, mazkur daraxt kesib olinib, o‘rniga yangi daraxt ko‘chatlari ekish belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter