Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mashina-traktor parki yonib ketdi

Samarqandda mashina-traktor parki yonib ketdi

Skrinshot.

Bugun, 7-aprel kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan «Agro Servis» mashina-traktor parkida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘in ellik daqiqa ichida to‘liq bartaraf etilgan.

Oqibatda mashina traktor parki sexining 150 kv.m maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgoh(stanok)lari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring