Samarqandda qiz o‘z onasini kaltaklayotgani videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqda qiz o‘z onasini kaltaklayotgani tasvirlari tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sa’dullayevga ko‘ra, holat shu yilning 14- fevral kuni Samarqand shahar, Bog‘ibaland MFYda hududida sodir bo‘lgan.
Samarqand shahar Imom Vose MFYda yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan H.N, Bog‘ibaland MFYda yashovchi kenja qizi 1997 yilda tug‘ilgan I.N.ning yashash uyiga kelib, u bilan o‘zaro uy-joy masalasida tortishib qolishi natijasida ona va bola o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Holat Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB xodimlari tomonidan hujjatlashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter