Samarqanddagi o‘quv markazi rahbari jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Samarqand shahridagi o‘quv markazlaridan birining rahbari, 2000 yilda tug‘ilgan R.H. va «Agrobank» xodimi, 2000 yilda tug‘ilgan X.F. 5 ming dollar evaziga mahalliy fuqaroni aldagan.
Unga Ukraina oliygohining 1-kursida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab, keyinchalik o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga ko‘chirib berishni va’da qilgan. So‘ralgan pulning 2500 dollarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter