Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi binosi yonib ketdi (foto)

Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi binosi yonib ketdi (foto)

Foto:«Sirdaryo»

Joriy yilning 6-mart kunidan 7-martga o‘tar kechasi yarim tunda, Guliston shahrida joylashgan Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma’muriy binosida katta yong‘in sodir bo‘lgan.

Viloyat FVB Axborot xizmati tomonidan hodisa tafsilotlariga doir rasmiy xabar berildi.

«Joriy yilning 7-mart kuni soat 00:30da Guliston shahar, «Shodlik» MFYda joylashgan Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi kotib (qabulxona) xonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan xonaning taxminan 35 kv.m. maydonida shift qismi va xona jihozlari zararlangan. Yong‘inga Guliston shahar FVBdan 2ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:35da yetib borib, yong‘in soat 00:55da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring