Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi maktab qurilishida 149 mln. so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Sirdaryodagi maktab qurilishida 149 mln. so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, «B.B.» MChJ tomonidan Yangiyer shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosini qurishda amalda bajarilmagan 149 mln so‘mlik ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari I.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring