Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taksi haydovchisiga bosqinchilik qilgan ikki yosh yigit qo‘lga olindi

Taksi haydovchisiga bosqinchilik qilgan ikki yosh yigit qo‘lga olindi

Foto:«Tergov.uz»

11-aprel kuni 2 nafar noma’lum shaxslar Yunusobod tumanida 28 yoshli T.Muhriddinning boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirganlar.

So‘ngra ular Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasiga kelgan vaqtlarida T.Muhriddinning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, yonlarida bo‘lgan tosh bilan bosh qismiga urib, narhi 2 349 000 so‘mlik «RedMi 8» rusumli telefon apparatini olib hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar 22 yoshli U.Muhammadxon va 21 yoshli K.Abdurahmonlar sodir etganliklari, T.Muhriddinga tegishli telefon apparatni 900 000 so‘mga o‘zga shaxsga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.Muhammadxon va K.Abduraxmonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.   

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring