Toshkenda fuqaro avtobus bosib ketishi oqibatida vafot etdi

Chilonzor tumanida 8 mart kuni avtobus haydovchisi piyodalarni urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha shu kuni soat 11.30 da Chilonzor ko‘chasida 1996 y.t. S.M. «MAN» rusumli avtobus haydovchisi, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan. Natijada 1952 y.t. R.Z. olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek 2017 y.t. R.Ye. «bosh sohasi lat yeyishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, bemorda zudlik bilan bir necha turdagi murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarilgan. Ko‘rilgan tezkor davo choralari sababli ayni paytda bemorning umumiy ahvoli yaxshilanib, unda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter