Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Olmaota samolyotida noxush hodisa yuz berdi

Toshkent-Olmaota samolyotida noxush hodisa yuz berdi

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota yo‘nalishida uchgan samolyotida noxush holat yuz berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvoz vaqtida samolyot to‘satdan kuchli turbulentlik zonasiga tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan.

Samolyot 16.45 da Olmaotaga qo‘ndi. Parvoz ekipaji yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Uchuvchilar voqea haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan.

Voqea vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring