Toshkent tumanida ketma-ket zilzila qayd etildi

Toshkent vaqti bilan bugun soat 04:39da hamda 05:16da ketma-ket Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent tumanida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berishicha, magnituda M=2,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 33 km, Toshkent tumanidan 16 km shimolda bo‘lganligi sabab O‘zbekistonda ham 2 ball zilzila qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter