Toshkent viloyatida ayanchli YTH: 20 kishi jarohatlandi, 2 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent viloyatidagi «Nurafshon-Ohangaron» yo‘lida mudhish YTH sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «Damas» avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib, «Istana» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. Mikroavtobus yo‘lovchilar bilan to‘la bo‘lgan. Natijada 20 kishi jabrlangan.
Bundan tashqari, yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Damas» avtomobilining 1989 va 2000 yilda tug‘ilgan 2 nafar yo‘lovchisi vafot etgan.
«Avtohalokat natijasida olib kelingan 20 nafar bemorning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bugungi kunda 3 ta bemor shifoxonamizning xirurgiya bo‘limida, ahvoli stabil. Qolgan bemorlar o‘zlarining turar joyidagi markazlariga jo‘natilmoqda», deydi Ohangaron shahar markaziy shifoxonasi bosh shifokori.
Hozirda YTH yuzasidan JKning 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter