Toshkent viloyatida jomadon ichidan ayol murdasi topildi
27-yanvar kuni soat taxminan 21:30larda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, «Gulobod» mahallasidan Parkent tumani, «Qiziltog‘» qo‘rg‘oniga olib boruvchi yo‘lda qizil rangli jomadon ichidan yoshi taxminan 30 – 35 larda bo‘lgan, osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 27 yanvar kuni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil avgust oyida Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda chiqqandi.
Marhum Oliy sudning sobiq xodimi ekani aniqlanib, uning qotili 19 yilga qamalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter