Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

27 noyabr kuni soat 21:30 da Olmazor tumanidagi Sebzor va Nurafshon ko‘chalari tutashgan chorrahada 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, avtomashinalardan birining haydovchisi zarar ko‘rgan. U shifoxonaga yetkazilib, uning holati shifokorlar tomonidan qoniqarli deb topilgan.

YTHga jabr ko‘rgan haydovchining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaganligi sabab bo‘lgan: u svetoforning taqiqlovchi belgisiga e’tibor bermay harakatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring