Toshkentda dahshatli avariya: uch kishi voqea joyida halok bo‘ldi

25-yanvardan 26-yanvarga o‘tar kechasi, soat taxminan tungi 2.00da Abdulla Qodiriy ko‘chasida (sobiq zoopark yaqinida) dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
«Neksiya-3» haydovchisi mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi reklama banneri ustuniga borib urilgan. YTH natijasida haydovchi, 25 yoshli Axrorbek T. va uning ikki nafar yo‘lovchisi (ayollar) voqea joyida halok bo‘lishgan. Uchinchi yo‘lovchi (ayol kishi) esa shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholashmoqda.
YTH sababi, dastlabki xulosalarga ko‘ra, tezlikni me’yoridan oshirish va transport boshqaruvini yo‘qotish.
«Hurmatli haydovchilar! Shahar hududida tezlikni 70 km/soatdan oshirmasligingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter