Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 5-avgust kuni soat 18:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Seul ko‘chasida joylashgan 12 qavatga mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga soat 18:28 da yetib borib, yong‘in soat 18:44 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida binoning 2 qavatida 140 kv.m maydonda qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring