Toshkentda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Joriy yilning 4-iyul kuni Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasida penoplast bo‘laklari 40 kv.m maydonda yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi o‘z Telegram kanalida xabar berdi.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga yetib borgan va yong‘in 7 daqiqada bartaraf etilgan.

Yong‘in sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan deya tahmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlash ishlari olib borilib, 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter