Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi qurolli bosqinchilik kameraga tushib qoldi

Toshkentdagi qurolli bosqinchilik kameraga tushib qoldi

Videodan kadrlar

Hodisa kuni kecha, 23 iyul kuni taxminan soat 13.15 da Toshkent shahrida sodir bo‘lgan.

Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 4 nafar noma’lum shaxs Oltintepa ko‘chasidagi do‘konga kirib, 26 yoshli sotuvchi Xumoyun I.ga pichoq bilan tahdid qilib, mobil telefon va 4.000.000 so‘m pulni olib, voqea joyini tark etishgan. 

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.lar ekanliklari ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N.lar qo‘lga olinganlar, 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.larni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring