Toshkentdagi gaz qo‘yish shoxobchasida mashina portladi

Uchtepa tumani Izza dahasida AGQShda avtomashina gaz balonining yorilib portlashi xodisasi yuzasidan tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.
Tegishli xizmatlardan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yil 21-oktyabr kuni soat 20:00da Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Izza dahasida joylashagan «Power auto gas» MChJga qarashli avtomashinlarga gaz qo‘yish shoxobchasida VAZ 2106 rusumli avtomashina gaz balloni yorilib, portladi. Surxondaryolik Sh.M. boshqaruvidagi Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan, 80 litr hajmdagi metan gaz uskunasi o‘rnatilgan, 2018 yil aprel oyida texnik ko‘rikdan o‘tgan mashina orqa qismi va kuzov detallari bo‘laklarga ajralib, turli tomonlarga sochilib ketgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda Uchtepa tumani, 31-mavzeda istiqomat qiluvchi 296-maktabning 9-sinf o‘quvchisi B.B. «o‘ng oyoq son tepa qismi urilib shilingan yarasi» jarohati olganligi aniqlangan. Voqea joyida unga birinchi yordam ko‘rsatilgan, kasalxonaga murojaat qilinmagan.
Xodisa sodir bo‘lgan joyga tegishli xizmatlar vakillari yetib borib, MChJ texnik xodimlari bilan birga atrof o‘ralib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter