Toshkentdan 317 kilometr uzoqlikda zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmografik monitoring respublika markazi xabar berishicha, bugun, 24-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar — 39,14 daraja shimoliy kenglik, 71,70 daraja sharqiy uzunlik. Zilzila magnitudasi 5,5 ga teng bo‘lib, 10 km. chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 317 km. uzoqlikda joylashgan.
Yer silkinishlari O‘zbekiston hududlarida ham sezilgan:
- Toshkent: 317 km; 2-3 ball
- Namangan: 207 km;3 ball
- Andijon: 191 km; 3 ball
- Farg‘ona: 139 km; 4 ball
- Guliston: 291 km; 3 ball
- Jizzax: 348 km; 2 ball
- Samarqand: 411 km; 2 ball
- Termiz: 441 km; 2 ball
- Qarshi: 512 km;2 ball
- Navoiy: 551 km; 2 ball
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter