Urganch tumani hokimi o‘rinbosari pora ustida qo‘lga tushdi

Joriy yilning 1-iyul kuni DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Urganch tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi B.A. fuqarodan 5 mln. so‘m pora olayotganda qo‘lga tushgan.
Qayd etilishicha, hozir mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter