Vodiyda yer qimirladi

Bugun, 27 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da (27.07.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 09:52 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,69 gradus shimoliy kenglik; 71,82 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 222 km shimoliy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Yangiqo‘rg‘on: 3 ball, 48 km.
Kosonsoy: 2-3 ball, 61 km.
Chortoq: 2-3 ball, 63 km.
Uychi: 2 ball, 74 km.
Uchqo‘rg‘on: 2 ball, 76 km.
Namangan shahri: 2 ball, 78 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter