Yashnobodda sodir bo‘lgan yirik yong‘in o‘chirishga bir necha soat ketdi

18 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Oriyent logistik sentr» qo‘shma korxonasi hududida joylashgan mator moy mahsulotlari (bochkalarda) omborida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:49 da qurshab olingan va 19 mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 2000 kv.m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter