Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«102»ga yolg‘on xabar berishning oqibati

«102»ga yolg‘on xabar berishning oqibati

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 14-aprel kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Toshloq mahallasida yashovchi 39 yoshli D.Mansurjon Farg‘ona viloyat IIBga «102» qisqa raqami orqali murojaat qilgan. Unda shu kuni soat 09:00 larda uyining oldida qoldirgan davlat raqami bo‘lmagan qora rangli «Gentra» rusumli avtomashinasini noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida D.Mansurjonning avtomashinasi olib qochib ketilmaganligi, balki u fuqaro I.Boburdan «Gentra» rusumli avtomashinasini sotib olib, nomiga rasmiylashtirib, avtomashinani shu kunga qadar I.Boburdan o‘zining egaligiga ololmayotganligi tufayli, avtomashinani boshqa yo‘llar bilan olish maqsadida IIBga yolg‘on xabar berganligi aniqlangan va I.Boburdan «Gentra» rusumli avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.Mansurjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismi (Yolg‘on xabar berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring