Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda bedasi payhon qilingan fermer qariya hamqishlog‘ini urib o‘ldirdi (foto)

Buxoroda bedasi payhon qilingan fermer qariya hamqishlog‘ini urib o‘ldirdi (foto)

Joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Qorako‘l tumani O‘tiq-Do‘rman qishlog‘ida yashovchi, 28 yoshli B.D. «Shohjaxon chorva zamini» fermer xo‘jaligiga qarashli cho‘l hududida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i, 58 yoshli N.X., ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 6 aprel kuni shu yerda vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, janjal, gumonlanuvchi N.X., ga tegishli bo‘lgan qo‘y podasi, B.D., ning beda o‘tlari ekin maydoniga kirib payxon qilganligi sabab bo‘lgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha B.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring