Buxoroda direktor xizmat xonasida pora bilan ushlandi
Buxoro viloyati Olot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Olot tumanidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori fuqaro Sh.P.ni bir shtat birligida o‘t yoquvchi vazifasiga ishga qabul qilishi evaziga undan 1 million 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilgan.
Buncha miqdordagi pulni pora sifatida berishga sharoiti bo‘lmagan Sh.P. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Viloyat huquq-tartibot organlarining hamkorlikdagi harakati natijasida ta’lim tashkiloti direktorining maqsadi amalga oshmagan.
Joriy yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 13:30larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda direktor o‘zining xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter