Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX qator mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

DXX qator mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

DXX matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 14,5 mlrd. so‘mlik subsidiya mablag‘lari noqonuniy ajratilganligi aniqlandi.

Gap shunndaki, 2020-yil 11-dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 2021-yilda Sho‘rchi tumanidagi klasterga qarashli 1 376 gektar paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish vazifasi mahalliy ta’minotchi korxona zimmasiga yuklatilgan.

O‘z navbatida ta’minotchi korxona 142,7 gektardagi paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan va unga ketgan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha Sho‘rchi tumani ishchi komissiyasi tomonidan xulosa tuzilib, Amu-Curxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etilgan.

Amu-surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mansabdor shaxslari esa amalda 142,7 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan bo‘lsada, unga yana qo‘shimcha ravishda 993 gektarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasining qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, ishga tushirilganligi haqida soxta hujjatlar tuzib, davlat budjetidan klasterga 6 mlrd. 747 mln. 400 ming so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishgan.

Huddi shunday holat Qumqo‘rg‘on tumanida ham aniqlanib, mahalliy klasterga qarashli 2000 gektar paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish ko‘zda tutilgan va bu ham aynan yuqorida tilga olingan ta’minotchi korxonaga yuklatilgan.

Qumqo‘rg‘on tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i va boshqa manfaatdor shaxslar o‘zaro til biriktirib, 2021-yilda 1 143 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinmagan bo‘lsada, shuncha maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasining qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, ishga tushirilganligi haqida soxta xulosalar tuzish orqali klasterga 7 mlrd. 772 mln. 400 ming so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishgan.

Hozirda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Amu-Curxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mansabdor shaxslariga hamda Qumqo‘rg‘on tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring