Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi

Fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonun  bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shug‘ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha). 

Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring