Hokim yordamchisi qamoqqa olindi
Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan shaharning Abu Ali ibn Sino MFY hokim yordamchisi A.Sga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi «g» bandi hamda 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, A.S «Abu Ali ibn Sino» MFY hokim yordamchisi lavozimida ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori bilan berilgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratishdagi maxsus vakolatdan mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan g‘arazli maqsadlarda foydalanib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.
Xususan, u «Abu Ali ibn Sino» MFY hududida yashamaydigan va faoliyat ko‘rsatmaydigan M.H, J.A, N.G‘, M.A va A.Mlar nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 mln. so‘mdan, jami 163 mln. so‘mlik imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Hokim yordamchisi 14 sentyabr kuni JKning 167-moddasi 3-qismi «g» bandi, 209-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ishda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter