Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki yoshgacha nafaqa uchun pora olgan mahalla raisi qo‘lga tushdi

Ikki yoshgacha nafaqa uchun pora olgan mahalla raisi qo‘lga tushdi

Mahalla fuqarolar yig‘inining raisi qachonki shu mahallada yashovchi barcha fuqarolarning dardu tashvishiga hamdard bo‘lib, ularning hurmati va ishonchini qozona olsagina, uni mukammal darajadagi rais oqsoqol deyishga arziydi, deb yozadi Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati.

Gurlan tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan biriga raislik qilib kelayotgan, 1962-yilda tug‘ilgan, N.A. ikki yoshga to‘lmagan farzandi uchun nafaqa tayinlanishida yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroga otalarcha g‘amho‘rlik qilish o‘rniga, aksincha, 400 000 so‘m miqdorda pora talab qilgan.

Mazkur fuqaroning ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, talab qilingan pulning bir qismini, ya’ni 350 000 so‘m pulni pora tariqasida olayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining qilmishi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring