Karantin qoidalari buzilgani uchun to‘langan pul davlat va IIV budjetiga ketadi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov karantinni buzganlik uchun to‘langan jarimalar qayerga yo‘naltirilishi haqidagi savolga javob berdi.
— Sanitariya qoidalari va normalari, shuningdek, gigiyena normalarini buzish to‘g‘risidagi bayonnomalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi Kodeksning 54-moddasi «Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish» asosida tuziladi. Karantin boshlangandan buyon, 27 aprel holatiga ko‘ra, Davlat inspeksiyasi, IIV, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan niqob taqmagan va karantin rejimini buzgan, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmagan 71 028 kishiga bayonnoma tuzildi va 45,8 milliard so‘m jarimaga tortilgan. Shundan 14,0 milliard so‘m undirilgan. Kelib tushgan mablag‘ning 50% davlat budjetiga yo‘naltirildi, qolgan 50% IIV budjetiga tushgan, — dedi Nurmat Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter